Muzokaralar davomida ishchi guruhlar yig'ilishi va demarkatsiya bo'yicha Qo'shma komissiyaning birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'zbekiston-Qirg'iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida qo'shma dala tadqiqotlari natijalari muhokama qilindi.

Qo'shma demarkatsiya komissiyasi yig'ilishi yakunlari bo'yicha Tomonlar Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo'yicha huquqiy va texnik hujjatlarni ma'qullashdi, shuningdek, tegishli Bayonnomalarni imzolashdi, deb xabar beradi mfa.uz.