Mazkur litseyiga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 3 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar ishga taklif qilinadi.
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining oʻqituvchilari va boshqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. “Yosh chegarachilar” litseyi ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
oʻqituvchilar uchun - 5 barobar;
psixolog uchun - 3 barobar;
axborotlashtirish va aloqa boʻlinmalari xodimlari - 2 barobar oshirilgan miqdorda toʻlanadi.
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi oʻqituvchilar ishga taklif etiladi:
-ona tili va adabiyoti;
-rus tili va adabiyoti;
-tarix;
-ingliz tili;
-fizika;
-astronomiya;
-algebra;
-geometriya;
-kimyo;
-biologiya;
-geografiya;
-maʼnaviyat asoslari;
-davlat va huquq asoslari;
-jismoniy tarbiya;
-informatika va axborot texnologiyalari;
-chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik.
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻqituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Nomzodlarga quyidagilar talab etiladi:
taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan oʻz fanini oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha sertifikat;
Xorijiy tilni bilish darajasini aniqlovchi sertifikat IYELTS yoki DTM;
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha chop etilgan ilmiy maqolalar roʻyxati;
ilmiy ishlari roʻyxati;
ilmiy unvon.
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining manzili:
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Sharof Rashidov koʻchasi 35-uy.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Yosh chegarachilar” xarbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi oʻqituvchilar 2021-yilning 25-yanvaridan 25-fevraliga qadar DXX Chegara qoʻshinlari 9785-sonli harbiy qismga (Surxondaryo viloyati Termiz tumani Yangiariq aholi punkti, moʻljal Mudofaa vazirligi dala-oʻkuv maydoni oldida) yoki 76-229-95-52 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.