Tadbirlar 2021-yil 6-9-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Konferensiya “Sayyoramiz ahli uchun tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlaydigan yanada samarali koʻp tomonlama hamkorlik uchun parlament rahbariyati” deb nomlangan umumiy mavzuda boʻlib oʻtadi.

Parlamentlararo ittifoq tomonidan Avstriya Respublikasi parlamenti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tashkil etilayotgan tadbirda dunyoning 110 dan ortiq parlament rahbarlari ishtirok etishi kutilyapti.

Jahon parlamentlari rahbarlarining uchrashuvi Parlamentlararo Ittifoq tomonidan har 5 yilda anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinadi va yuksak darajada parlamentlararo muloqot hamda oʻzaro hamkorlik uchun noyob global forum hisoblanadi.

Bu galgi uchrashuv 2020-yilda boʻlib oʻtishi kerak edi, biroq u koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilga qoldirildi. Ekspertlar ishtirokidagi muzokaralar oʻtgan yili videokonferensaloqa formatida oʻtkazilib, unda Oliy Majlisi Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etgan edi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi xorijiy mamlakatlar parlamentlari va yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.