Unda Senat aʼzolari, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda koʻrib chiqiladigan masalalarni parlament yuqori palatasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.