Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish bilan bogʻliq boʻlgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanishicha, ushbu unvonning taʼsis etilishi tabiatni asrab-avaylash, bioxilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tizimda alohida tashabbus koʻrsatgan shaxslarni ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekopartiya deputatlari mazkur qonun loyihasini qizgʻin muhokama qilib, qoʻllab-quvvatladilar.