Elchixona tomonidan tashkil qilingan milliy bo'lmada O'zbekistonning "Global Exrort Company" kompaniyasi mamlakatimiz zaminida yetishtirilgan organik quritilgan mevalar hamda dukkakli mahsulotlarni namoyish qildi.
"Nordic Organic Food Fair" har yili o'tkazib kelinadigan yarmarka bo'lib, organik sertifikatiga ega rang-barang oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar uning peshtaxtalaridan joy oladi.
Ushbu xalqaro tadbir chog'ida "Global Exrort Company" MCHJ Yevropaning yigirmaga yaqin mamlakati, shu jumladan, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kompaniyalari bilan o'zbek mahsulotlari eksporti bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.
Shuningdek, mamlakatimiz elchixonasi va "Nordic Organic Food Fair" tashkilotchilari o'rtasida ushbu ko'rgazmaning 2024-yil 9-10-oktyabr kunlari Stokgolmda o'tkaziladigan navbatdagi tadbirida ham O'zbekiston vakillarining ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishildi.