2021 yil 16-19 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi.
KikbokIngchilarimiz mazkur chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun yuqori darajada tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi.
Jahon kubogi bahslarida Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax va Buxoro viloyatlari vakillaridan tarkib topgan 30 nafar O‘zbekiston sportchilari jamoasi ishtirok etadi.
Bugun mazkur sportchilar hamda kikboksing sohasi mas'ul xodimlaridan 9 nafar delegat, jami 41 kishi Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroporti orqali Toshkentdan Budapeshtga yo‘l oldi.
Jahon kubogi musobaqalarida sportchilarimizga omad tilaymiz!