Oʻzbekiston taekvondo milliy jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi

    Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmalar taqsimotini qayta shakllantirdi.

    Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasida Olimpiada ishtirokchilari qatoridan joy oldi.

    Eslatib oʻtamiz, Rafalovich 2023-yil yakunida eʼlon qilingan Olimpiada reytingida oltinchi oʻrinda qayd etilgan edi.

    Shu tariqa, taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi boʻlajak Olimpiya oʻyinlarida oʻz tarixida ilk bor 3 nafar erkak va 2 nafar ayol sportchi bilan qatnashadigan boʻldi.