Bunga qadar hech qachon bir yoʼla toʼrt nafar oʼzbekistonlik taekvondochi Olimpiadaga chiqmagan edi. Oʼtgan olimpiya oʼyinlarida maksimum 3 nafardan taekvondochi qatnashgan. Bu haqda Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
– Iordaniyadagi musobaqa ajoyib oʼtdi. Muhtaram Prezidentimizga biz sportchilarga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun ulkan minnatdorlik bildiraman. Shukurki men ham, musobaqada qatnashgan Nigora va Ulugʼbek ham Olimpiadaga yoʼllanma oldik. Bundan juda ham xursandman. Tokioda Prezidentimiz, xalqimiz va rahbariyatimizning yuzini yerga qaratmaslikka harakat qilamiz", – deydi Svetlana Osipova.
Tokiodagi Olimpiadada taekvondochilarimiz medallar qoʼlga kiritib yana bir tarixiy natija qayd etishadi deb ishonamiz.