Oʻzbekiston tajribasini targʻib qilmoqchiman!

    Yaponiya davlat prokurori Minako Shyoji Samarqanddagi Inson huquqlari boʻyicha oʻtkazilayotgan veb-forum haqida fikr bildirdi

    Bugun yoshlar masalalariga bagʻishlangan Samarqanddagi Inson huquqlari boʻyicha veb-forumning ikkinchi kuni. Bir kun oldin jonli munozaralar boʻlib oʻtdi. 15 mamlakatdan kelgan xalqaro maʼruzachilarning 50 dan ortiq nutqlari va 10 ta milliy maʼruzachilar tinglandi.

    “Dunyo” AA muxbiri tadbir ishtirokchilaridan biri, professor, davlat prokurori, Yaponiya Adliya vazirligi qoshidagi Tadqiqot va kadrlar tayyorlash instituti xalqaro hamkorlik boʻlimi direktori oʻrinbosari Minako Shyoji bilan suhbatlashdi.

    - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga yoʻllagan tabriknomasida yoshlarningi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy va global siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida yoshlarni faol jalb etish muhimligini taʼkidladi.- Oʻzbekiston yoshlarga shunday eʼtibor berib, ularning tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlamoqda.

    Yaponiyada koʻplab koʻngilli yoshlar guruhlari mavjud boʻlib, ulardan har biri Yaponiyaning katta aka-uka va opa-singillar uyushmasi deb nomlanadi.

    Yaponiyada 4,5 mingga yaqin odamni oʻz ichiga olgan ushbu koʻngilli guruh murabbiylik orqali voyaga yetmagan huquqbuzarlarga tezda tuzalishlari va sogʻlom oʻzini rivojlantirish yoʻliga kirishlariga yordam beradi. Ushbu koʻngilli guruhlar jinoiy odil sudlov tizimida muhim rol oʻynaydi.

    Koʻrilgan masalalarning dolzarbligi sababli ushbu forum juda foydali va oʻz vaqtida boʻldi. Bu konstruktiv va doʻstona muhitda juda koʻp qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldim.

    2021-yil 27-28-fevralda Yaponiyada boʻlib oʻtadigan Kioto Kongressi Yoshlar Forumida men Oʻzbekiston tajribasi va inson huquqlari boʻyicha Samarqand veb-forumi haqida gapirishni rejalashtirib qoʻydim.