Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga yoʻllagan maktubini topshirdi.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabat rivoji haqida fikr almashdilar.

Markaziy Osiyoda soʻnggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik muhitini yana-da mustahkamlash zarurligi eʼtirof etildi.

Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yoʻl ochadigan transport yoʻlaklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyat yaratilmoqda. Bu, oʻz navbatida, mintaqalararo savdo-sotiq jadallashuvi, tranzit yuk tashuvi ortishi, xom-ashyo, asbob-uskuna va tayyor mahsulotlar tashish narxi pasayishiga xizmat qiladi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.