Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (17,6 foiz), Rossiya (15,9 foiz), Qozogʻiston( 7,8 foiz), Janubiy Koreya ( 6,7 foiz), Turkiya ( 5,3 foiz), Qirgʻiziston (2,4 foiz) va Germaniya ( 2,1 foiz) hissasiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bergan maʼlumotga koʻra, 2020-yilning yanvar-iyul oylari yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi (TSA) 19 544,2 million AQSH dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 4 659,2 million AQSH dollariga yoki 19,3 foizga kamaygan.