Aynan shu borada, 2021 yilning 5 iyul' kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 38-sonli umumta'lim maktabida “Tekbol” sport turining jihozlarini qabul qilib olish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston tekbol federatsiyasi vakillari ishtirok etgan.
Shuningdek, O‘zbekiston tekbol federatsiyasi raisi tomonidan ilk bosqichda respublikamizning barcha hududlaridagi umumta'lim maktablariga 100 dona tekbol sport jihozlarini topshirish bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligiga sertifikat topshirildi.
Tekbol federatsiyasi tomonidan yangi sport turini tanishtirish bo‘yicha taqdimot tashkil etilgani ham aytilmoqda.