Tadbirning ikkinchi kunida Oʻzbekiston transport vazirligi,“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ, Germaniyaning “KFV” taraqqiyot banki hamda Deutsche Bahn AG kompaniyalari ishtirokida toʻrt tomonlama memorandum imzolandi.
Xususan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan elektropoyezdlar hamda yoʻlovchi vagonlar sotib olishda Germaniyaning “KFV” taraqqiyot bankining imtiyozli kredit liniyasidan foydalanish uchun memorandumga qoʻl qoʻyildi.
Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari dunyoning yetakchi kompaniyalari, jumladan, Polshaning poyezdlar, vagonlar, tramvaylar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pesa (Peca) konserni hamda temir yoʻl transportini ishlab chiqarish boʻyicha jahon bozorining qariyb yarmini egallab kelayotgan Xitoyning CRRC Corporation Limited korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar mobaynida Germaniyaning “KFV” taraqqiyot bankidan olinadigan imtiyozli kredit liniyasidan foydalanishda tender oʻtkazilishi va unda har ikkala yirik ishlab chiqarish kompaniyalari ishtirok etishi taklifi bildirildi.