Tojikiston yil boshidan buyon 48 ta donor mamlakatdan umumiy qiymati 21,7 million dollardan ziyod boʻlgan insonparvarlik yordami olgan, deb xabar qildi “Avesta” agentligi. Ular asosan dori-darmonlar, tibbiy vositalar va oziq-ovqat mahsulotlarini tashkil etadi.

Insonparvarlik yuklarining miqdori 9,9 ming tonnani tashkil etadi.

Tojikistonning asosiy donorlari uchligidan Xitoy (46,9 foiz), Oʻzbekiston (17,4 foiz) va Qozogʻiston (8,6 foiz) oʻrin olgan.