Qurʼa natijasiga koʻra, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Shimoliy Koreya, Hindiston va Avstraliya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.
Terma jamoamiz ilk uchrashuvini 6-may kuni Shimoliy Koreyaga qarshi “Yulduzlar” stadionida oʻtkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.
Ikkinchi turda, 10-may kuni asosiy arenada Hindistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 20:00 da start oladi.
Guruh bosqichidagi soʻnggi bahs 13-may kuni “Yulduzlar” stadionida Avstraliyaga qarshi boʻlib oʻtadi. Oʻyin soat 19:00 ga rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, qitʼa birinchiligi 5–22-may kunlari boʻlib oʻtadi.