Muzokara jarayonida  ikki tomonlama fundamental va amaliy dasturlar hamda innovatsion loyihalar borasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish borasida kelishib olindi.

SHuningdek, tibbiyot sohasini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan ta'minlash, mutaxassislar tayyorlash,  o'zaro hamkorlikda ilmiy maqola va adabiyotlar nashr etish hamda  ilmiy-amaliy konferentsiyalar o'tkazish yuzasidan sheriklik aloqalarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish va rivojlantirishga umid  bildirildi.

eslatib o'tamiz : "Madin" kompaniyalar guruhi, fizioterapiya va reabilitatsiya tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan   "Texnologies" va "Orbita" MCHJ, "IFIOVA" kabi  MCHJlardan tashkil topgan yirik  kompaniyalardan biri sanaladi.  SHuningdek, mazkur tashkilot tanani tiklash usullari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar bilan ham shug'ullanadi.

“Madin” kompaniyalar guruhi Rossiyada bir qator o'quv va ilmiy muassasalar,  jumladan,  aspiranturadan keyingi tibbiyot akademiyasining fizioterapiya kafedrasi va uning filiallari, N.A.Lopatkin nomidagi Urologiya va interventsion radiologiya instituti, V.I.Kulakov nomidagi Milliy akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy-tadqiqot markazi kabi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishda ham faol ishtirok etadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.