Nizomga muvofiq, qoʻshma taʼlim dasturlariga quyidagilar jalb qilishi mumkin:
- xalqaro 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari;
- Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining aʼzolari;
- AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Rossiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiyaning akkreditatsiya qilingan oliy taʼlim tashkilotlari;
- xalqaro shartnomalar, Prezident va Hukumat qarorlariga muvofiq qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadr tayyorlash huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar.
Qoʻshma taʼlim dasturlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 15 ish kunida bepul ekspertizadan oʻtkaziladi.
Qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqishga qabul qilish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
kirish imtihonlari;
qoʻshma taʼlim dasturida oʻqitish olib boriladigan tilda kirish imtihonlari.