Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, unda mintaqada mazkur sport turi ommaviyligini yanada oshirish, malakali hakam va murabbiylarni yetishtirish kabi masalalar qatori tashkilot rahbariyati tarkibi qayta shakllantirildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Farhod Alimov CAVA vitse-prezidenti etib saylandi.
Tashkilotning amaldagi prezidenti maldivlik Muhammad Latif yangi muddatda ham unga rahbarlik qiladigan boʻldi.