Oʻzbekiston Xitoy bilan Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    Shu bilan, Oʻzbekiston bilan tashkilotga aʼzo boʻlish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagan davlatlar soni 22 taga yetdi.

    Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlib kirish boʻyicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov maʼlum qildi.

    «Pekin shahriga juda qisqa, biroq samarali tashrif boʻldi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama muzokaralar nihoyasiga yetdi. Fursatdan foydalanib XXR Tijorat vazirligi, vazir oʻrinbosari Li Fey, departament direktori Li Defeng janoblari va butun jamoaga konstruktiv muloqot uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Yil yakuni Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligi boʻyicha juda mazmunli boʻlmoqda — ikkita eng yirik global savdo egalari — Amerika va Xitoy bilan muzokaralar yakunlandi. 22 ta mamlakat bilan muzokaralar tugadi, koʻp qolmadi!
    Yaqinda AQSH bilan ham muzokaralar yakunlangan edi. Shunday qilib, 22 ta mamlakat bilan muzokaralar oxiriga yetkazildi, deydi u.