Bu haqda MAGATEning Jamoatchilik axboroti va kommunikatsiyalari boshqarmasi agentligi rasmiy veb-saytida bosh direktor Rafael Grossiga yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi koʻp tomonlama xalqaro shartnomalarga qoʻshilish hujjatlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtgani toʻgʻrisidagi maqolada maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, tadbirda mamlakat nomidan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov ishtirok etgani maʼlum qilingan.
«Rafael Grossi oʻz nutqida 2024-yil dekabr oyida Oʻzbekistonga boʻlib oʻtgan tashrifi chogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan konvensiyalarga qoʻshilish masalasini muhokama qilganini alohida taʼkidladi. Grossining soʻzlariga koʻra, joriy qaror MAGATE taklifiga zudlik bilan javob qaytargan davlat rahbarining eʼtibori va qoʻllab-quvvatlashi natijasidir. Bosh direktor Oʻzbekiston tezkor qarorlar qabul qilish qobiliyatini namoyon etib, atom energetikasi loyihalarini, jumladan, yirik atom elektr stansiyasi va kichik modulli reaktorlar qurilishini faol ilgari surayotganini taʼkidladi. Umuman olganda, mamlakat oʻzining ulkan energetika rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda«, – deyilgan nashrda.
Shuningdek, maqolada Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston va Bangladesh ham qoʻshilish toʻgʻrisida hujjatlarni taqdim etgani xabar qilingan.








