Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov oʻzining telegram kanalida xabar bermoqda.
Bu yilgi Global kiberxavfsizlik indeksida mamlakatlarning kiberxavfsizlik tahdidlariga tayyorgarlik choralari 5 ta pogʻonaga boʻlib baholangan (eng pastidan yuqorigacha: T5 Building - poydevori yaratilayotgan, T4 Evolving - shakllanayotgan, T3 Establishing - mustahkamlanayotgan, T2 Advancing - yaxshi rivojlanayotgan, T1 Role-modeling - namuna boʻlayotgan).
«Oʻzbekiston avvalgi indeksga nisbatan oʻsib, T2 Advancing - yaxshi rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiritilgani mamlakatimizda bu sohaga ham alohida eʼtibor berilayotganining oʻziga xos tasdigʻi boʻlib xizmat qiladi.
Albatta, xali bu yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar juda koʻp, ayniqsa raqamli texnologiyalar hayotimizga keng kirib kelayotgan davrda aholimizning barcha qatlamlarini kiberxavfsizlik tahdidlaridan ogoh boʻlib, firibgarlarga ishonmaslik koʻnikmalarini shakllantirish eng qiyin boʻlgan vazifalardandir», - deydi vazir.