Oʻzbekiston yoshlari salohiyatini har tomonlama roʻyobga chiqarilishi Ispaniyada havas uygʻotdi

    Keyingi avlod 4 Fevral 2021 2855

    Ispaniyadan munosabat: Oʻzbekiston yoshlari salohiyatini har tomonlama roʻyobga chiqarish butun xalqning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini taʼminlaydi.

    Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” tashabbusi xorijiy davlatlarda katta qiziqish bilan kutib olinyapti. Xususan, Iberoamerika xalqaro yoshlar tashkiloti vakili Mario Kobo (Ispaniya) ushbu loyihaning afzalliklari haqida oʻz fikrini bildirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    — Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan yoshlarning salohiyatini rivojlantirish va roʻyobga chiqarishga qaratilayotgan eʼtibor mamlakat rahbariyatining strategik uzoqni koʻra olishining yorqin namunasidir, — dedi u. — Yosh avlod har qanday davlatning kelajagi, aniqrogʻi bu butun millat farovonligiga sarmoya ekani barchaga birdek maʼlum. Yoshlarning salohiyatini toʻla roʻyobga chiqarish butun xalqning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini taʼminlaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston rahbari taʼlim va yoshlarni ish bilan taʼminlash muammolariga katta eʼtibor qaratmoqda.

    “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasini amalga oshirish tashabbusi alohida eʼtirofga loyiq. Respublika rahbariyati innovatsiyalar va nou-xaular yosh aqllarni kashf etishini yaxshi anglaydi. Oʻzbekistonning asosiy aholisi yoshlardan iborat va bu mamlakatning kelajagi buyuk innovatsiyalar bilan chambarchas bogʻliq.

    Ushbu qiziqarli loyihaning amalga oshirilishi, albatta, butun mamlakat taraqqiyotiga, iqtisodiyotning texnologik rivojlanishiga va boshqa sohalar taraqqiyotiga turtki beradi. Bundan tashqari, “100 gʻoya” — bu tirik organizm sifatida mamlakatni rivojlantirish uchun juda zarur boʻlgan ijodiy erkinlik platformasidir.

    Men ushbu qiyin va masʼuliyatli maqsadga erishishda Oʻzbekistonga muvaffaqiyatlar tilayman.