Loyihaga  ko'ra,  "O'zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi tarkibidagi  "British American Tobacco Uzbekistan (“UZBAT A.O.”) qo'shma korxonasi Urgut filiali negizida (tayyorlovchi) va dexqon, fermer xo'jaliklari va boshqa qishloq xo'jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilari (xo'jaliklar) ishtirokida tamakichilik klasteri  tashkil  etiladi.

Tamakichilik klasterida   2025 yilga borib   quritilgan va qayta ishlangan tamaki xom ashyosi eksport hajmini 1400 tonnaga etkazish rejalashtirilgan.

Hujjat  loyihasi  "O'zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan.