Uning soʻzlariga koʻra, 2019-yilda 177 ta, 2020-yilda 161 ta, 2021-yilda 91 ta pora olish jinoyati sodir etilgan boʻlib, pora olish jinoyati soʻnggi uch yilda deyarli 50 foizga kamaygan.
Yoki boʻlmasa, joriy yilning oʻtgan 5 oyi davomida 17 ta pora olish jinoyati sodir etilgan boʻlib, bu oʻtgan 2021-yilning 5 oyiga nisbatan (2021-yilning 5 oyida 57 taga pora olish jinoyati sodir etilgan) 40 taga kam hisoblanadi.
Misol uchun, 2020-yilda 118 ta ogʻir (JKning 210-moddasi 2-qismi),
13 ta oʻta ogʻir (JKning 210-moddasi 3-qismi) darajadagi pora olish jinoyatlari sodir etilgan boʻlsa, 2021-yilda 62 ta ogʻir, 6 ta oʻta ogʻir darajadagi pora olish jinoyatlari sodir etilgan.
Koʻrish mumkinki, 2021-yilda ogʻir darajadagi pora olish jinoyati 56 taga, oʻta ogʻir darajadagi pora olish jinoyati 7 taga kamayishiga erishilgan.
2021-yilda sodir etilgan pora olish bilan bogʻliq jinoyatlar tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, oʻtgan 2021-yilda Respublika boʻyicha 91 ta pora olish jinoyatlari sodir etilgan boʻlib, 91 nafar shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda,
1. Toshkent shahrida – 18 ta;
2. Toshkent viloyatida – 13 ta;
3. Jizzax viloyatida – 9 ta;
4. Andijon viloyatida – 8 ta;
5. Qashqadaryo viloyatida – 8 ta;
6. Surxondaryo viloyatida – 7 ta;
7. Samarqand viloyatida – 5 ta;
8. Buxoro viloyatida – 4 ta;
9. Namangan viloyatida – 4 ta;
10. Fargʻona viloyatida – 4 ta;
11. Xorazm viloyatida – 4 ta;
12. Sirdaryo viloyatida – 3 ta;
13. Navoiy viloyatida – 2 ta;
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi
– 2 ta sodir etilgan.
Pora olish jinoyatlarining 10 tasi viloyat, 81 tasi tuman-shahar miqyosidagi davlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan boʻlib, tuman-shahar miqyosidagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan pora olish jinoyatlari umumiy pora olish jinoyatlarining 89 foizni tashkil qilgan.
Lavozimlar doirasida tahlil qilinganida, 91 ta pora olish jinoyatidan 49 tasi birinchi darajali rahbarlar, 8 tasi rahbar oʻrinbosari, 34 tasi ijrochi va texnik xodimlar tomonidan sodir etilgani, mansabdor shaxslardan 77 nafari erkak, 14 nafari ayol ekanligi maʼlum boʻldi.
Sohalar kesimida tahlil qilinganda, 91 ta pora olish jinoyatidan 20 tasi ichki ishlar (8 tasi yoʻl harakati xavfsizligi), 12 tasi maktabgacha taʼlim, 10 tasi hokimlik, 6 tasi harbiy, 6 tasi qishloq xoʻjaligi, 4 tasi xalq taʼlimi, 4 tasi qurilish, 3 tasi kommunal xizmat (elektr, gaz, suv) va 26 tasi boshqa sohalar hisobiga toʻgʻri kelgan.
Shuningdek, 91 ta pora olish jinoyatidan 26 tasi yoki 28,5 foizi bevosita sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan boʻlib, umumiy pora olish jinoyatining deyarli uchdan bir qismiga toʻgʻri kelgan.
Bundan tashqari, 91 ta pora olish jinoyatidan 65 tasi ijro tizimiga kiruvchi davlat boshqaruv organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan boʻlib, ularning 18 tasi (19,7 foizi), deyarli beshdan bir qismi taʼlim tizimi xodimlari hisobiga toʻgʻri kelgan
Lavozimlar doirasida tahlil qilinganida, 91 ta pora olish jinoyatidan 49 tasi birinchi darajali rahbarlar, 8 tasi rahbar oʻrinbosari, 34 tasi ijrochi va texnik xodimlar tomonidan sodir etilgani, mansabdor shaxslardan 77 nafari erkak, 14 nafari ayol ekanligi maʼlum boʻldi.
Eng koʻp pora miqdori 2 mln. AQSH dollarini (67 mln. soʻm), eng kam pora miqdori 50 AQSH dollari (150 ming soʻm) tashkil etgan boʻlsa, oʻrtacha pora miqdori 37 819 AQSH dollarini yoki 3,92 mln. soʻmni tashkil etgan.
Codir etilgan 91 ta pora olish jinoyatlarining 75 tasi tezkor tadbir 16 tasi tergovga qadar tekshirish davomida fosh etilgan boʻlib, pora predmeti boʻlgan pullar 5 ta holatda vositachilar va 86 ta holatda toʻgʻridan-toʻgʻri mansabdor shaxslar tomonidan olingan.
Ushbu 91 ta jinoyatdan 20 tasi ishga qabul qilish, 8 tasi maʼmuriy chora koʻrmaslik, 6 tasi yer ajratish, 4 tasi qurilishga ruxsat berish, 3 tasi yerdan ijara asosida foydalanishga ruxsat berish, 3 tasi avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish, 2 tasi postdan ruxsatnomasiz oʻtkazishga ruxsat berish, 2 tasi pensiya tayinlash, 2 tasi davlat xaridlari boʻyicha shartnoma imzolash uchun ulush talab qilish, 2 tasi chegaradan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlib, qolgan 39 ta holatda jinoyatlar boshqa vakolatlardan foydalanish asosida sodir etilgan.
Koʻrish mumkinki, 22 foiz pora olish jinoyati ishga olish vakolatidan foydalanish orqali sodir etilgan boʻlib, ularning 15 tasi texnik va ijrochi xodimlarni taʼlim (11 tasi Maktabgacha taʼlim, 4 tasi Xalq taʼlimi) muassasalariga ishga qabul qilish bilan bogʻliq.