Endi yo‘lovchilar uydan chiqmay turib mobil ilova orqali aviachiptalarni xarid qilishlari mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, mobil ilova yo‘lovchiga aviachiptalarni tekshirish, joy tanlash, qo‘shimcha bagaj va maxsus ovqat turlari tanlash kabi qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkonini berad. Shuningdek, har bir foydalanuvchi uchun maʼlum yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus takliflar mavjud.