Oʻzbekistonda bankomatlardan pul yechib olish komissiyasi 1,5 foizgacha oshdimi? – Markaziy bank izoh berdi

    Moliya 22 Fevral 2024 1336

    Ijtimoiy tarmoqlarda koʻpgina bankomatlarda kartadan pul yechib olish uchun komissiya 1 foiz oʻrniga 1,5 foizni tashkil etayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

    Markaziy bank fuqarolardan bu va bunga oʻxshash xabarlarga ishonmasliklarini soʻramoqda.

    Maʼlumot uchun, tijorat banklarining bankomatlarida Uzcard va Humo kartalaridan naqd pul yechilganda komissiya 1 foiz (ayrim banklar oʻz mijozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida 0.5%-0.8%) oraligʻida komissiya joriy etilgan.

    Tijorat banklarida xalqaro (Mastercard, Viza va boshqalar) kartalardan naqd pul yechilganda komissiya 1,5 foiz yoki bundan yuqori foizni tashkil qiladi.