Olimpiada topshiriqlari Xalq ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash Departamenti tomonidan tayyorlandi.
Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 120 daqiqa vaqt ajratiladi.
Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda 7-8 sinf o'quvchilari sinflariga ajratilmasdan, teng imkoniyatlar asosida topshiriq bajaradi. Har bir hududdan eng yuqori natijalarni qo'lga kiritgan 6 nafar ishtirokchi respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Hududiy bosqich olimpiada javoblari bugunning o'zida e'lon qilinadi. Olimpiadaning Respublika bosqichi mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan.