20-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston kubogining final uchrashuvida VAR tizimi qoʻllaniladi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev maʼlum qildi.

Oʻzbekiston kubogi finali Namangan shahridagi “Navbahor” markaziy stadionida oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun, VAR tizimi futbol oʻyinlarida video takrorlar yordamida baʼzi bahsli vaziyatlarda bosh hakamga qaror qabul qilishda koʻmaklashadi.