Oʻzbekistonda ish beruvchi maosh kechiktirilgan har bir kun uchun xodimga kompensatsiya toʻlaydi

    Mamlakatimizda 5 Noyabr 2022 3097

    Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.

    Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga koʻra, xodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas.

    Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.

    Ish beruvchi oylik ish haqini yoki xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʻlashi shart.

    Yangi tahrirdagi ushbu kodeks 2023-yilning 30-aprelidan kuchga kiradi.