Komponentlar darajasida quyidagi oʻzgarishlar boʻlgan.
2021-yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 5,9 foizga oshib, 1059 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:
- xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 4,2 foizga oshgan;
- faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 0,9 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,0 foizga oshgan;
- tovar belgilari boʻyicha komponent 1,6 baravarga oshgan.
Hududlar kesimida Fargʻona viloyatida eng yuqori oʻsish surʼati qayd etilgan.
2021-yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi Toshkent viloyatidan tashqari 13 ta hududda oʻtgan oyga (2021-yil iyul) nisbatan oʻsish kuzatilgan. Fargʻona (55,5%), Samarqand (42,4%), Xorazm (38,1%), Namangan (38,0%) va Jizzax (34,8%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).
Shu bilan birga Toshkent (- 1,4%) viloyatida oʻtgan oyga nisbatan moʻtadil pasayish kuzatilgan.
BANK HISOB VARAQALARI BOʻYICHA OPERATSIYALAR
2021-yil avgust oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 4 692,6 ming tani tashkil etdi va 2021-yilning iyul oyga nisbatan 188,5 ming tranzaksiyaga (4,2%) oshgan.
Banklararo toʻlov operatsiyalari soni 7 ta hududda oshgan.
2021-yil avgustda respublikaning 7 ta hududida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi oʻsish Toshkent shahri (7,3%), Toshkent (6,0%) hamda Sirdaryo (4,3%) viloyatlarida kuzatilgan.
TOVAR-XOM ASHYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2021-yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,0599 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning oʻtgan oyga nisbatan 6,0 foizga oshganligini anglatib, bitimlar soni 12,7 foizga oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2021-yil avgust oyida 5 731,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 18,1 foizga oshgan.
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 2021-yil avgust oyida 1,0085 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 0,9 foizga oshganligini koʻrsatadi. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga oshgan.
2021-yil avgust oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni 2021-yilning iyul oyga (566 642 birlik) nisbatan 7 510 taga koʻpayib, 574 152 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar soni 9 taga kamaygan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 454 975 tadan 462 303 tagacha oshgan (oʻsish 7 328 ta). Fermer xoʻjaliklari soni 108 601 tadan 108 792 tagacha (oʻsish 191 ta) koʻpaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subyektlar soni 3 057 tani tashkil etib, 2021-yilning iyul oyiga nisbatan 9 taga kamaygan.
BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISH
2021-yil avgust oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 1,6312 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning iyul oyiga nisbatan 63,1 foizga oshgan. Joriy yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 460 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi va uning hududlarida IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi
|
Hududlar |
IFI |
Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent |
Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent |
Xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent |
Tovar belgilari boʻyicha komponent |
|
Oʻzbekiston Respublikasi |
↑1059 |
↑1,0418 |
↑1,0428 |
↑1,0085 |
↑1,6312 |
|
Fargʻona viloyati |
↑1555 |
↑1,0056 |
↑2,0000 |
↑1,0151 |
↑6,0000 |
|
Samarqand viloyati |
↑1424 |
↑1,0324 |
↑2,0000 |
↑1,0156 |
↑1,3000 |
|
Xorazm viloyati |
↑1381 |
↓0,9815 |
↑2,0000 |
↑1,0094 |
↓0,5000 |
|
Namangan viloyati |
↑1380 |
↓0,9910 |
↑2,0000 |
↑1,0137 |
↓0,3529 |
|
Jizzax viloyati |
↑1348 |
↓0,9767 |
↑1,8812 |
↑1,0165 |
↑1,0000 |
|
Surxondaryo viloyati |
↑1298 |
↓0,9987 |
↑1,0772 |
↓0,9884 |
↑10,0000 |
|
Toshkent shahri |
↑1220 |
↑1,0730 |
↑1,4348 |
↑1,0060 |
↑1,6436 |
|
Andijon viloyati |
↑1209 |
↑1,0312 |
↑1,3528 |
↑1,0126 |
↑2,8000 |
|
Qashqadaryo viloyati |
↑1139 |
↓0,9910 |
↑1,1230 |
↑1,0126 |
↑4,0000 |
|
Navoiy viloyati |
↑1131 |
↓0,9642 |
↑1,0573 |
↑1,0013 |
↑5,0000 |
|
Sirdaryo viloyati |
↑1107 |
↑1,0431 |
↑1,2273 |
↑1,0060 |
↑1,0000 |
|
Buxoro viloyati |
↑1099 |
↑1,0169 |
↑1,2129 |
↑1,0054 |
↑1,2222 |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
↑1041 |
↓0,9829 |
↑1,0326 |
↑1,0193 |
↑2,0000 |
|
Toshkent viloyati |
↓986 |
↑1,0598 |
↓0,8889 |
↑1,0051 |
↑1,2800 |
Oʻzbekiston Respublikasi va hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻzgarishi
|
Hududlar |
IFI |
Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent |
Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent |
Xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent |
Tovar belgilari boʻyicha komponent |
|
Oʻzbekiston Respublikasi |
↑1304 |
↑1,2648 |
↑1,1158 |
↑1,1415 |
↑5,4762 |
|
Fargʻona viloyati |
↑2199 |
↑1,2216 |
↑2,0000 |
↑1,1422 |
↑24,0000 |
|
Samarqand viloyati |
↑1837 |
↑1,1332 |
↑2,0000 |
↑1,1383 |
↑13,0000 |
|
Andijon viloyati |
↑1829 |
↑1,0466 |
↑2,0000 |
↑1,1024 |
↑14,0000 |
|
Buxoro viloyati |
↑1828 |
↑1,3151 |
↑2,0000 |
↑1,0796 |
↑11,0000 |
|
Toshkent shahri |
↑1745 |
↑1,4084 |
↑1,9488 |
↑1,4823 |
↑4,8824 |
|
Surxondaryo viloyati |
↑1728 |
↑1,0964 |
↑2,0000 |
↑1,1081 |
↑10,0000 |
|
Toshkent viloyati |
↑1640 |
↑1,1478 |
↑2,0000 |
↑1,1213 |
↑6,4000 |
|
Qashqadaryo viloyati |
↑1610 |
↑1,1719 |
↑2,0000 |
↑1,2706 |
↑4,0000 |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
↑1540 |
↑1,0673 |
↑2,0000 |
↑1,1184 |
↑4,0000 |
|
Xorazm viloyati |
↑1518 |
↑1,1521 |
↑2,0000 |
↑1,1588 |
↑2,0000 |
|
Namangan viloyati |
↑1489 |
↑1,0738 |
↑2,0000 |
↑1,1517 |
↑2,0000 |
|
Sirdaryo viloyati |
↑1452 |
↑1,1193 |
↑2,0000 |
↑1,0931 |
↓0,6667 |
|
Jizzax viloyati |
↑1444 |
↑1,0415 |
↑2,0000 |
↑1,1346 |
↑1,0000 |
|
Navoiy viloyati |
↑1293 |
↑1,1088 |
↑1,3089 |
↑1,0534 |
↑5,0000 |