Unda:
muzeylar va teatrlarda, shuningdek, ularga tutash hududda interfaol zonalarni yaratish;
muzeylarda xorijiy tillarni mukammal biladigan gid (gid-tarjimon), muzey brendini targ'ib qilish bo'yicha marketolog va uning xizmatlarini monetizatsiya qilish bo'yicha mutaxassis lavozimlarini joriy qilish;
aktyorlarning nutqini bir vaqtning o'zida tarjima qilish imkoniyatiga ega bo'lgan quloqchinlar va (yoki) matnli monitor-tablo o'rnatish orqali xorijiy tomoshabinlar uchun teatr chiqishlarini sinxron tarjima qilish imkoniyatlarini tashkil etish;
tashrif buyuruvchilar va turizm sohasining sub'ektlari orasida so'rovnoma olib borish, marketing tadqiqotlari va jamoatchilik bilan o'zaro aloqa qilishning strategiyasini avtomatlashtirishga mo'ljallangan keng qamrovli axborot tizimi va ma'lumotlar bazasini (CRM) muzeylar faoliyatida joriy etish;
zamon talablariga javob beradigan muzeylar, teatrlar infratuzilmasini rivojlantirish va qiyofasini o'zgartirish maqsadida dunyoning etakchi muzeylari va teatrlaridan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
muzey va teatrlarda “faxriy mehmon” maqomini joriy qilish;
muzey ichida hunarmandlar ustaxonasini va savdo shoxobchalarini tashkil etish hamda ularda muzey ashyolari va kollektsiyalari nusxalari, milliy suvenir mahsulotlari savdosini yo'lga qo'yish;
muzeyda axborot va virtual haqiqat texnologiyalardan foydalangan holda sensorli ekranlarda interfaol ko'rgazmalar o'tkazish;
muzeylar, galereyalar va madaniyat ob'ektlarida boshqa muzey ashyolari va kollektsiyalarining ko'rgazmalarini tashkil etish;
muzeylar ichida fotosurat va videotasvirga olish tartibini soddalashtirish;
san'at yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muzeylarga imtiyozli tartibda kirishlari uchun sharoit yaratish;
“Madaniyat ob'ektlarining do'stlari klubi”ni tashkil etish, xayriya mablag'lari, metsenatlik ko'magi, shuningdek, madaniyat sohasidagi vasiylik kengashlari mablag'lari hisobidan har yili kamida ikkita muzeylarning, shu jumladan bitta hududiy muzeyning brendini yaratish va xorijiy ommaviy axborot vositalarida targ'ibot qilishni tashkil etish;
muzeylar va teatrlarning turizm sohasidagi ishtirok etishi yuzasidan baholash reytingini olib borish;
muzey ashyolarini chet el ko'rgazmalariga vaqtincha olib chiqilganda ularning butligini saqlashga qaratilgan sug'urta qilish taomillarini ishlab chiqish.