O'zbekistonda joriy yilda qancha avtomobil ishlab chiqarildi?

    Shundan 59 252 tasi “Cobalt”, 52 689 tasi “NexiaT-250”, 39 960 tasi “Lacetti-Gentra”, 39 631 tasi “Damas”, 19 980 tasi “Spark”, 6 259 tasi “Labo” avtomobillaridir.

    Mamlakatimizda shu yilning yanvar–sentyabr oylarida 217 771 ta engil hamda 2 936 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarildi, deb yozadi Davlat statistika qo'mitasi axborot xizmati xabarida.

    Shundan 59 252 tasi “Cobalt”, 52 689 tasi “NexiaT-250”, 39 960 tasi “Lacetti-Gentra”, 39 631 tasi “Damas”, 19 980 tasi “Spark”, 6 259 tasi “Labo” avtomobillaridir.

    Yurtimizda joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida xorij davlatlariga 108,2 million dollarlik avtomobil eksport qilingan bo'lsa, 349,3 million dollarlik engil avtomobillar importi amalga oshirildi.

    Shuningdek, mazkur davr mobaynida mamlakatimizda 174,5 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilib, 565,3 million dollarlik avtomobil ehtiyot qismlari import qilindi.