Maʼnaviy-maʼrifiy anjumanda Bosh konsulxona tomonidan kutubxonaga Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida bunyod etilgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyati ochib berilgan “Gʻalaba bogʻi falsafasi” kitobi topshirildi.
Xalqaro tadbirda mamlakatimiz diplomatlari Oʻzbekistonda barcha sohalarda, xususan, madaniyat, fan va taʼlim yoʻnalishlarida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 2022-yil mamlakatimizda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilingani, ushbu yilga berilgan nom asosida qabul qilingan davlat dasturining mazmun-mohiyati haqida soʻzlab berildi.
Davra suhbatida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining oʻzbek, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri K.Turdiyeva “Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli madaniy-maʼrifiy loyihalarni amalga oshirish tajribasi” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Maʼruzacha oʻz chiqishida mamlakatimizning boy tarixi va madaniy merosi, shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan madaniy-maʼrifiy loyihalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.
Davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi direktori I.Lizunova Oʻzbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan izchil islohotlar ahamiyatiga toʻxtalib, kelgusida respublika bilan oʻzaro hamkorlik ishlari yanada faollashtirilishini bildirdi.