Taʼkidlanishicha, aholiga sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatish uchun joylarda tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonalarida 8 ming nafardan ortiq yoki 2016-yilga nisbatan 3,2 barobarga ortiq aholi doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlandi.

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan “Toza hudud” DUKlar uchun 1 121 ta maxsus texnika xarid qilish (2020-yilda 193 ta texnika) hisobiga 13 ta “Toza hudud”, “Maxsustrans”, “Maroqand Obod” DUKlar hamda 118 ta xususiy sanitar tozalash korxonalari tasarrufidagi maxsus texnika vositalarining umumiy soni 3 806 taga yetkazildi, ushbu koʻrsatkich 2016-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 2,6 barobarga koʻp.

Respublika hududining 90,0 foizi sanitar tozalash xizmatlari bilan taʼminlanib (shundan xususiy sektor ulushi 19 foizni), 2016-yilga nisbatan 18 barobarga (2016-yilda 5 foiz), 2019-yilga nisbatan 1,3 barobarga (2019-yilda 69 foiz) ortdi.