Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining maʼlumot berishicha, bugungi kunda Oʻzbekistonda 340 661 ta boʻsh ish oʻrinlari (vakant) mavjud.

Joriy yil 24-aprel sanasiga qadar 6 151 432 ta mehnat shartnomalari yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Jami boʻsh ish oʻrinlari soni - 340 661 ta

▪️Davlat tashkilotlarida - 86 543 ta

▪️Xususiy subyektlarda - 254 118 ta

Boʻsh ish oʻrinlari mavjud korxonalar soni 129 034 tani tashkil etmoqda.