Energetika vazirligidan maʼlum qilinishicha, seminarda Toshkent, Buxoro, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida gaz-porshenli va kombinatsiyalangan issiqlik elektr stansiyalarini (IES) qurish loyihalarida “Wartsila” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali uskunalarni oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Finlyandiya kompaniyasining energetika biznesi boʻyicha direktori Pekka Tolonen boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ushbu uskunaning noyob imkoniyatlari haqida soʻzlab berdi.

2030-yilga borib mamlakatimizda elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj qariyb ikki barobarga ortishini taʼkidlandi. Shu munosabat bilan mamlakat rahbariyati tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarini 30 GVtga oshirish vazifasi qoʻyildi. Bundan tashqari, 2030-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining 25 foizini tashkil qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, muqobil energiya quvvatlarini rivojlantirish, energiya xavfsizligi, jumladan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan issiqlik elektr stansiyalarini rivojlantirish orqali elektr tarmoqlarining muvozanatini taʼminlashda juda muhim boʻlib hisoblanadi.

Shu maqsadda, xususan, turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda bir qator zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari qurilmoqda. Mazkur loyihalar doirasida mutaxassislar orasida ishonchliligi bilan tanilgan 80 dan ortiq “Wartsila” mashinalarini oʻrnatish rejalashtirilgan.