Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 20 kishidan iborat markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzurida tashkil etilmoqda. Uning vazifalari:

  • aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash yo‘nalishida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
  • ushbu sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Markaz direktori lavozimi bo‘yicha OTM fakulteti dekaniga, o‘rinbosar — dekan o‘rinbosariga tenglashtirilmoqda

Ikki oy ichida markazni tajribali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish uchun ochiq tanlov o‘tkaziladi. Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 5-iyuldan kuchga kirdi.