Maʼlum qilinishicha, 2023-yil 1-avgust holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln soʻmdan yuqori) mavjud korxonalar soni 845 ta boʻlib, ularning jami qarzdorligi – 671,6 mlrd soʻm. Shundan 168,5 mlrd soʻmi, yaʼni 25,1 %i soliq qarzi eng koʻp boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi koʻrsatkichlari – TOP-3:
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HDSI – 181,1 mlrd soʻm;
Toshkent viloyati – 71,2 mlrd soʻm;
Fargʻna viloyati – 57,1 mlrd soʻm.