Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2020-yilda 345 431 dona uyali va boshqa simsiz aloqa tarmogʻi uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.

Telefon ishlab chiqarish hajmi 2019-yilga nisbatan 110 272 taga oshgan.

Oʻzbekiston 2021-yilning 8 oyida xorijdan qiymati 117,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,6 million dona mobil telefon import qilgan.

Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga 290 ta mobil telefon toʻgʻri kelgan.