Samarqand, Buxoro, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining taʼlim tashkilotlari yangi oʻquv yilida qogʻozsiz hujjat aylanishiga oʻtadilar, jami roʻyxatda 5 000 dan ortiq maktablar bor.

Xalq taʼlimi vazirligining qaroriga koʻra, yangi 2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablari gibrid shaklda ishlashni davom ettiradi. Ushbu oʻquv shakli 2020/2021 oʻquv yilida qoʻllanilgan, Kundalik raqamli taʼlim platformasida Oʻzbekistondagi maktablarda masofadan oʻqitishni tashkil etish uchun zarur imkoniyatlar mavjud. Bu oʻquvchilarga uy sharoitida oʻquv jarayonini toʻxtatmaslik, fanlarni mustaqil oʻqish, uy vazifasini yuborish, yangi oʻquv materialini oʻzlashtirish va oʻqituvchilar bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi.

Faqatgina elektron jurnaldan foydalanishga oʻtgan maktablarda bolalar uchun baholar, dars jadvallarihamda uy vazifalari elektron kundaliklarda aks ettiriladi.

Biz maktabga tayyorgarlik jarayonida ota-onalarga qogʻoz kundalikni sotib olmaslikni tavsiya qilamiz, chunki qogʻozsiz hujjat aylanishiga oʻtgan maktablarda qogʻoz kundaliklar ishlatilmaydi. Buning oʻrniga, siz bir kalendar yil uchun amal qiladigan “Kundalik”ka obunani rasmiylashtirishingiz kerak.2021/2022 oʻquv yilida obuna narxi kamaytirildi va bir kalendar yili uchun amal qiladigan narx 8 600 soʻm miqdorida belgilandi.

Oʻqituvchilar uchun Kundalik jurnal ilovasi mavjud boʻlib, uni “Play Market” va “App Store”dan yuklab olish mumkin. Ilova yordamida pedagoglar internetga ulanmasdan ham jurnal bilan ishlashlari mumkin. Yaqin orada ota-onalar hamda oʻquvchilar uchun ham ilova taqdim etiladi.

Xalq taʼlimi vazirligining qaroriga koʻra, yangi 2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablari gibrid shaklda ishlashni davom ettiradi. Ushbu oʻquv shakli 2020/2021 oʻquv yilida qoʻllanilgan, Kundalik raqamli taʼlim platformasida Oʻzbekistondagi maktablarda masofadan oʻqitishni tashkil etish uchun zarur imkoniyatlar mavjud. Bu oʻquvchilarga uy sharoitida oʻquv jarayonini toʻxtatmaslik, fanlarni mustaqil oʻqish, uy vazifasini yuborish, yangi oʻquv materialini oʻzlashtirish va oʻqituvchilar bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi.

Faqatgina elektron jurnaldan foydalanishga oʻtgan maktablarda bolalar uchun baholar, dars jadvallari hamda uy vazifalari elektron kundaliklarda aks ettiriladi.

Biz maktabga tayyorgarlik jarayonida ota-onalarga qogʻoz kundalikni sotib olmaslikni tavsiya qilamiz, chunki qogʻozsiz hujjat aylanishiga oʻtgan maktablarda qogʻoz kundaliklar ishlatilmaydi. Buning oʻrniga, siz bir kalendar yil uchun amal qiladigan “Kundalik”ka obunani rasmiylashtirishingiz kerak.2021/2022 oʻquv yilida obuna narxi kamaytirildi va bir kalendar yili uchun amal qiladigan narx 8600 soʻm miqdorida belgilandi.

Oʻqituvchilar uchunKundalik.Jurnalilovasi mavjud boʻlib, uni “Play Market”va”App Store”dan yuklab olish mumkin.Ilova yordamida pedagoglar internetga ulanmasdan ham jurnal bilan ishlashlari mumkin. Yaqin orada ota-onalar hamda oʻquvchilar uchun ham ilova taqdim etiladi.