2021-yil 9-fevralda bolalarga robototexnika va dasturlash koʻnikmalarini oʻrgatishga moʻljallangan Albert va Genibot aqlli robotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Koreya Respublikasidan kelgan hamkorlar Oʻzbekistonning MTTga 275 ta robot va 350 ta oʻquv qoʻllanmasini sovgʻa qildilar.

Tadbir Maktabgacha taʼlim vazirligi, Koreya robot sanoatini rivojlantirish instituti (KIRIA), Koreya oʻqituvchilar uyushmasi, shuningdek, FRG Korea, Dazzle Edu, Genie Robot va SK Telecom kompaniyalarining vakillari ishtirokida onlayn tarzda oʻtkazildi.

Biz bolalar bogʻchalarida dasturlash koʻnikmalari haqida gapirgandakod yozishni nazarda tutmaymizGap zamonaviy real hayot sharoitlarida muvaffaqiyat garovi boʻlmish algoritmik tafakkurni rivojlantirish haqida ketmoqdaOʻyin uslubidagi robotlar ijodkorlikmantiqnamunalarni tanib olish va optimal yechimlarni topish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Dunyo axborot texnologiyalari davriga qadam qoʻydi. Dasturiy taʼminot bilan ishlash, kompyuterlar tilida gapirish va buyruq berish qobiliyati majburiy boʻlib qoldi. Biz bolalarimiz egallagan koʻnikmalar zamon talablariga javob berishini istaymiz ”, - dedi MTV huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi direktori Oyatillo Rahmatillayev.

Albert va Genibot robotlari 6 yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan. Birinchi bosqichda bola tayyor kodlash kartalari yordamida oʻyinchoqni harakatlanishga, koʻzini miltiratishga, gapirishga majbur qiladi. Shu tarzda u kod bloklarining qanday ishlashini tushunib oladi. Yoshi kattaroq bolalar robotni smartfonga ulab, oʻz buyruqlari va algoritmlarini yaratishlari mumkin.

Robotlarga asoslangan oʻqitish dasturi Koreya Respublikasida yaxshi natijalar koʻrsatdi. U yerda hukumat koʻmagida butun mamlakat boʻylab mingdan ziyod oʻquvchilarni qamrab olgan 140 ta sinf ochildi. Fransiya, Ispaniya, Kosta-Rika va Perudagi maktablar va bolalar bogʻchalarida ham shu kabi pilot dasturlari ishga tushirilgan.


Albert va Genibot robotlari butun Oʻzbekiston boʻylab 53 ta TMTga taqsimlanadi. Joylarda ustozlarni oʻqitish va pilot loyihasi natijalarini monitoring qilish ishlari MTV huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi tomonidan olib boriladi.«Kelajak robototexnika va avtomatlashtirilgan sanoatga tegishli boʻladi. Biz Oʻzbekistonda ushbu taraqqiyotga daxldor ekanligimizdan mamnunmiz hamda Koreya va Oʻzbekiston nafaqat robototexnika sohasida, balki innovatsiya sohasida ham samarali hamkorlik qilishiga umid qilamiz", - dedi KIRIA kompaniyasi prezidenti Chonil Mun.

Agar pilot loyihasi muvaffaqiyatli yakunlansa, Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi yana-da koʻp bolalar bogʻchalarini aqlli robotlar bilan taʼminlaydi, shuningdek, ularning ish funksiyalarini imkoniyatlari cheklangan bolalarga moʻljallangan dastur bilan toʻldiradi.