Jumladan, mamlakatimizga eng koʻp Qozogʻistondan (1076,2 ming), Qirgʻizistondan (952,1 ming), Tojikistondan (950,3 ming) sayyoh kelgan.
Sayyohlar oqimi boʻyicha Rossiya (395,1 ming), Turkiya (53,3 ming), Janubiy Koreya (13,3 ming), Germaniya (13,5 ming), AQSH (9,8 ming), Hindiston (9,3 ming), Fransiya (8,3 ming), Ozarbayjon (7,3 ming), Isroil (8,4 ming), Buyuk Britaniya (7,7 ming), Italiya (5,9 ming) va Ispaniya (4,3 ming) navbatdagi oʻrinlarni band etgan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan rossiyaliklarning 174,4 ming nafari (44,1 foiz) ayollar va 220,7 ming nafari (55,9 foiz) erkaklarni tashkil etgan.
Oylar kesimida mamlakatimizga Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining turistik maqsadlardagi tashrifi soni quyidagi koʻrinish olgan:
| Oylar | Jami | Erkaklar | Ayollar |
| Yanvar | 16604 | 10381 | 6223 |
| Fevral | 14173 | 9170 | 5003 |
| Mart | 24625 | 14589 | 10036 |
| Aprel | 29284 | 16407 | 12877 |
| Iyun | 53421 | 28169 | 25252 |
| Iyul | 61608 | 31903 | 29705 |
| Avgust | 69648 | 35607 | 34041 |
| Sentyabr | 78254 | 48213 | 30041 |