Bu mablag' «O'zbekiston temir yo'llari» AJga tegishli elektrovozlar parkini kengaytirish uchun Rossiya Federatsiyasining OOO «Novocherkasskiy elektrovozostroitel`nыy zavod» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan beshta zamonaviy magistral yuk elektrovozlarini etkazib berishga yo'naltiriladi.

23-24 aprel` kunlari bo'lib o'tgan SHanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi konferentsiyasi doirasida «VeB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasi raisi I.I. SHuvalov bilan muzokaralar o'tkazilgan va bu jarayonda Rossiya tarafi kelajakda ham joriy loyihalarni moliyalashtirishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
VeB.RF Rossiyaning yuqori texnologiyali uskunalarini O'zbekiston Respublikasiga etkazib berish bo'yicha qator investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishda «Milliy bank»ning strategik hamkori hisoblanadi.
VeB.RF korporatsiyasi bilan kelishuvning afzalligi shundaki, bu korporatsiya foiz stavkalari Rossiya Federatsiyasi tomonidan subsidiyalanishi tizimi tufayli kredit resurslarini nisbatan arzon foiz stavkalarida jalb qilish imkonini beradi.

O'zaro hamkorlik doirasida bugungi kunda umumiy qiymati 188 mln evro bo'lgan to'rtta kredit kelishuvlari tuzilgan va gidroenergetika, teploenergetika va transport sohasidagi qator loyihalar moliyalashtirilmoqda.