Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida 23 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Shu yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
Dam olish – maqsadida 19 195 nafar, qarindoshlarni yoʻqlash uchun – 2 817 nafar, xizmat yuzasidan – 951 nafar, tijorat maqsadlari bilan – 50 nafar, taʼlim olish uchun – 28 nafar, davolanish uchun esa – 7 nafar Germaniya fuqarolari Oʻzbekistonga kelishgan.