Oʻzbekistonga tashrif buyurgan aksariyat sayyohlarning yoshi 31-55 yoshni tashkil qildi

    2023-yilda Oʻzbekistonga 7 million nafar xorijlik turistlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

    2022-yilda xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga jami 5,2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2021-yilgi koʻrsatkichdan (1,8 million nafar) deyarli 3 barobarga koʻpdir.

    Xususan, qoʻshni davlatlardan oʻtgan yili jami 4 364,8 ming nafar turist tashrif buyurdi va bu 2021-yilga nisbatan 283 foizga koʻpdir. Shuningdek, qolgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlaridan 606,4 ming nafar (2021-yilga nisbatan 291 foizga koʻp), uzoq xorij mamlakatlaridan 261,6 ming nafar (2021-yilga nisbatan 198 foizga ortiq) turist yurtimizga keldi.

    Jumladan, Turkiyadan 75,5 ming (2021-yilga nisbatan 171 foizga koʻp), Janubiy Koreyadan 19,9 ming (2021-yilga nisbatan 347 foizga koʻp), Germaniyadan 17,7 ming (2021-yilga nisbatan 257 foizga koʻp), AQSʼHdan 13,1 ming (2021-yilga nisbatan 242 foizga koʻp), Fransiyadan 11 ming (2021-yilga nisbatan 372 foizga koʻp) hamda Buyuk Britaniyadan 10,5 ming (2021-yilga nisbatan 264 foizga koʻp) turist yurtimizni ziyorat qildi.

    Shuni alohida taʼkidlash kerakki, 2022-yilda mamlakatimizga kelgan turistlarning 49,6 fozini, yaʼni 2 593 400 nafarini 31 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan kishilar tashkil qilgan. Shuningdek, xorijlik turistlarning 723,3 ming nafari - 18 yoshgacha boʻlganlar, 846,5 ming nafari – 19 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar hamda 1 069,6 ming nafari 50 yoshdan oshgan kishilar boʻldi.

    Maʼlumot uchun, 2023-yilda Oʻzbekistonga 7 million nafar xorijlik turistlar tashrif buyurishi kutilmoqda.