“Oʻzbekiston 24” telekanali bergan xabariga koʻra, bu borada davlat rahbarining tegishli farmoni imzolangan.
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov kosmonavtning Moskva viloyatidagi xonadonida mehmonda boʻlib, unga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik maktubini oʻqib eshittirib, “Doʻstlik” ordenini topshirdi.
“Hurmatli Shavkat Miromonovich, menga boʻlgan eʼtiboringizdan minnatdorman. Men oʻzimning eng samimiy salomlarimni Oʻzbekistonga – tugʻilib oʻsgan Vatanimga, doʻstu birodarlarimga, menga bilim, hayotiy tajribalarni bergan Vatanimga yoʻllamoqchiman. Olijanoblik va atrofdagilarga mehr-oqibatli boʻlish bu oʻzbek halqiga xos qadriyat. Bu tarixiy merosni asrab-avaylash kerak. Zero, inson uchun oʻzi tugʻilib oʻsgan, ulgʻaygan yurtdan koʻra qadrdonroq yurt boʻlmasa kerak. Men Oʻzbekistonimga farovonlik va omad tilayman”, – deydi Jonibekov.
Maʼlumot uchun, “Doʻstlik” ordeni Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat vakillari oʻrtasidagi doʻstlik, oʻzaro anglashuv va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan doʻstligi va har tomonlama hamkorligini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari uchun topshiriladi.