O‘zbekistonlik murabbiy "Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi

    Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida para taekvondo bo‘yicha Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tdi.

    Yilning so‘nggi yirik musobaqasi yakunida eng yaxshilar ham eʼtirof etildi.

    Quvonarlisi, para taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo‘ziyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan 102 ta davlat orasida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.

    Taʼkidlash kerakki, yakuniy 3 nomzod orasida hamyurtimizdan tashqari Braziliya va Meksika terma jamoalari murabbiylari ham joy olgan edi.

    Maʼlumot uchun: O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi aʼzolari joriy 2022 yilda 10 ga yaqin nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi va ularda 12 ta oltin, 11 ta kumush va 15 ta bronza, jami 38 ta medalga sazovar bo‘ldi.