Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi mamlakat tarixida ilk bor biologiya yoʻnalishida oltinni qoʻlga kiritdi.
Ushbu natijani Toshkent shahri Yunusobod tumani Toshkent pediatri instituti qoshidagi Akademik litsey 2-bosqich oʻquvchisi Saida Valijonova qayd etdi. Shuningdek olimpiadada Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani BDU Akademik litseyi oʻquvchisi Ravshanbek Karimov hamda Jizzax viloyati Jizzax shahri JPI Akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi Sardor Tojiboyevlar kumush medal sohibiga aylandi.
Olimpiada gʻoliblari bilan tanishing:
1.Saida Valijonova — Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI AL 2-bosqich oʻquvchisi (oltin medal);
2.Ravshanbek Karimov — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani BDU AL 2-bosqich oʻquvchisi (kumush medal);
3.Sardor Tojiboyev — Jizzax viloyati Jizzax shahri JPI AL 2-bosqich oʻquvchisi (kumush medal);
Xalqaro biologiya olimpiadasi Yaponiya davlati tomonidan tashkil qilingan boʻlib, unda 52 ta davlatdan 262 nafar ishtirokchi qatnashdi.
1997-yilda Oʻzbekiston uchun xalqaro olimpiadadagi ilk medalni biologlar qoʻlga kiritgan, bu bronza edi. 1998-yilda oʻzbekistonlik oʻquvchilar ikkita bronza, 1999-yilda bitta bronza, 2000-yilda ilk kumush medalni olib kelgan. Keyin uzoq tanaffusdan soʻng 2019-yilda uchta bronza qoʻlga kiritilgan.