Ushbu olimpiadada eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchimiz 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.
Joriy yilda 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)ga Yaponiya davlati mezbonlik qiladi, unda 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
Sultonov Javohir Xurshidovich — Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulugʻbek maktabi, 11-sinf oʻquvchisi
Gʻulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktab, 11-sinf oʻquvchisi;
Quvondiqova Nozimaxon Ruslon qizi-Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, Toʻlqin FM NTM, 11-sinf oʻquvchisi;
Boymahammadov Jaloliddin Ahmadjon oʻgʻli — Toshkent sh, Yunusobod tumani M.Ulugʻbek maktabi 11-sinf oʻquvchisi;
Rustamov Xurshid Zafar oʻgʻli — Qashqadaryo viloyati , Shahrisabz tumani, PTMA IM, 11-sinf oʻquvchisi;
Rajabov Mirshod Mahmud oʻgʻli — Buxoro viloyati , Vobkent tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf oʻquvchisi;
Eshmoʻminov Azizbek Doʻsmuhammad oʻgʻli — Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani 12-IMI 11-sinf oʻquvchisi;
Saʼdullayev Javohir Ikrom oʻgʻli-Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahar, Prezident maktabi, 9-sinf oʻquvchisi;
Kecha tunda terma jamoamiz xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun Mongoliyaga joʻnab ketdi.